7 Dekabr 2023 Yil 1864

Toshkent shahar IIBB tomonidan Yangihayot tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxtlar ekildi

Shu kunlarda yurtimizda “Yashil makon” loyihasi keng ko‘lamda davom ettirilmoqda. Yashil makon - barcha uchun tushunarli, nomi ravon, mazmuni chuqur, mohiyati ulug‘ ibora. Yashayotgan manzilimiz, mahallamiz, shahrimizni ko‘rkamlashtirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Toshkent shahar IIBB tomonidan ham mazkur loyihaga har yili alohida eʼtibor qaratiladi. Shu asnoda poytaxt tumanlarida yashil hudud yaratilishiga IIO xodimlari ham o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Yangihayot tumani “Xushnud” mahallasida “Yashil makon” loyihasi doirasida Toshkent shahar IIBB tomonidan yashil hudud yaratilmoqda. Tadbirda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi. Mazkur hudud 1 gektardan oshiq bo‘lib, unga ming tupdan ortiq manzarali daraxtlar ekildi. Kelgusida ko‘chatlarning ko‘karishi, parvarishlanishiga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu loyihada faol ishtirok etish orqali nafaqat tabiatni, balki o‘z salomatligimizni, qolaversa, kelgusi avlodlar sog‘ligini saqlashga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech