24 Noyabr 2025 Yil 411

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Atrof-muhit muhofazasi va ekologik xavfsizlik” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakili Obidjon Ergashev maʼruza qildi. U o‘z nutqida, atrof-muhit muhofazasi – bu bir kunlik tadbir yoki yumush emas, balki inson hayotining ajralmas qismi, uzluksiz jarayon hamda barchamizning umumiy burchimiz ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi. Shu bilan birga, 2025 yil 15-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilinganligi bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Unda aholi hamda yoshlarda ekologik ongni shakllantirish, tabiatni asrashni milliy qadriyat sifatida mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari hamda yana bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech