22 Sentyabr 2025 Yil 979

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor, 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat Kengashi yig‘ilishida idora va muassasalarda har oyning bir kunini “Teatr kuni” deb eʼlon qilish taklif etilgan edi. Prezident tomonidan berilgan topshiriqlar hamda Hukumatning tegishli hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Julqunboy” nomli spektakliga bag‘ishlandi. Tadbir davomida O‘zbekiston Davlat satira teatrining aktyorlari ishtirokchilarga shu spektaklni namoyish etishdi. Tomoshabinlar ajoyib ijrodan madaniy hordiq chiqarishdi. Yaxshi kayfiyat va unutilmas yorqin taassurotlarni hadya etgan spektakl so‘ngida aktyor va aktrisalar bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech