Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Intizom va qonuniylik – xizmatning asosiy qoidasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili professor Nasiba Turg‘unova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, mamlakatimiz ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomi hamda qonuniylikka qatʼiy rioya qilishi – tizim imiji va obro‘sini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlab o‘tdi. Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.
Tadbir yakunida “Eng yaxshi tergovchi”, “Eng yaxshi kinolog”, “Eng yaxshi psixolog” hamda “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” ko‘rik-tanlovida faol qatnashib, g‘oliblik va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.