Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Tizimni xalqchil tuzilmaga aylantirish yo‘lida” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston “Shon-sharaf” davlat muzeyi Ikkinchi jahon urushi davri tarixini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i Ibodulla Altinov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish, tizimda o‘z kelajagiga yangicha qaraydigan, Vatanga va xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalanayotgan, el-yurt xizmatiga shay, tashabbuskor hamda fidoyi kadrlarni tayyorlash - asosiy maqsad ekanligini taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.