6 Sentyabr 2025 Yil 1025

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Ichki turizm: ham sayohat, ham ziyorat” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti vakili professor Asatulla Norchayev ma’ruza qildi. U o‘z nutqida, yurtimiz turizm sohasi milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida jadal rivojlanayotganligini, sohaga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida tarixiy obidalarimiz va boshqa xushmanzara joylarimizga tashrif buyuruvchi chet el hamda mahalliy sayyohlar soni yildan-yilga oshib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech