18 Avgust 2025 Yil 837

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish xavfsizlik kafolati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakili professor G‘aybulla Alimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, yo‘l-transport hodisalari butun dunyoda insonlar salomatligi va hayotiga eng xavfli tahdid ekanligini, hozirda yurtimiz yo‘llarida harakat xavfsizligini taʼminlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, sodir etilayotgan qoidabuzarliklarning kelib chiqish shart-sharoitlariga eʼtiborni kuchaytirish dolzarb masalalar hisoblanishini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Navbatdagi maʼruza O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 10 iyul kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1074-sonli Qonunining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari - Yuridik taʼminlash bo‘limi boshlig‘i mayor Fariddun Shadiyev yoritib berdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech