Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi vakili Baxtiyor Sabirov maʼruza qildi. U o‘z nutqida: “Axborot xavfsizligi nafaqat kibertahdidlardan, balki soxta yangiliklardan ham himoya qiladi. Tanqidiy fikrlashni o‘rgatadi, axborot oqimidagi yashirin tahdidlarni aniqlash, xavfsizlik madaniyatini yuksaltirish har bir fuqaroning vazifasiga aylanishini taʼminlaydi. Shuningdek, kibermakonni samarali muhofazalash uchun davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi muhimdir. Xavfsiz onlayn makon esa jamiyatning barqaror rivojlanishining asosidir” - deb taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.