29 Sentyabr 2025 Yil 840

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi orasida o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Sizga ta’zim, aziz ustozlar!” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi vakili professor O‘tkirjon Islomov ma’ruza qildi. U o‘z nutqida, hayotimizni ilmsiz tasavvur etib bo‘lmasligini, ilmga, ta’limga katta e’tibor bergan davlat taraqqiyotga yuz tutishini, shuningdek ta’limni ustozlarsiz ham tasavvur etib bo‘lmasligini, zero, o‘qituvchi va ustozlar e’zoz topgan jamiyatda rivojlanish hamda farovonlik bo‘lishini alohida ta’kidlab o‘tdi.


Navbatdagi ma’ruza “Energetik ichimliklarning zarari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, uni Toshkent shahar IIBB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokor-kardiologi Gulnora Ismailova yoritib berdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech