7 Iyul 2025 Yil 1991

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Davlat gerbi – mustaqillik timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi vakili Mansur Yunusov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, gerbimiz, avvalambor, davlatimiz ramzi, mustaqilligimiz timsoli, qolaversa, ezgu orzu-umidlarimiz, elu yurtimizga mehru muhabbatimiz ifodasi ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech