Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Tarix - vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor manbai” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda O‘zbekiston milliy universiteti vakili dotsent Shermuxammad Ernazarov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, vatanparvar insonlarni tarbiyalashda xalqimizning tarixiy merosi katta ahamiyatga egaligini, shu sababli tarixiy merosni asrab-avaylash, o‘rganish va kelajak avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini alohida taʼkidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi.