Toshkent shahar IIBBda bosh boshqarma boshlig‘ining navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida kuni kecha Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Tashpulatov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi. Jumladan, bosh boshqarma boshlig‘i 50 dan ortiq fuqaroning murojaatlarini ko‘rib chiqdi hamda ularni tashvishga solayotgan masalalarni tingladi.
Murojaatlarni xolisona va puxta o‘rganish maqsadida bosh boshqarmaning sohaviy xizmatlar masʼul xodimlari ham qabul jarayonida ishtirok etdi. Uchrashuvda tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov bilan bog‘liq, shuningdek, moddiy yordam ko‘rsatish, ishga qabul qilish kabi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Fuqarolarning har bir murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi. Qabul davomida 24 nafar fuqaroga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berildi. 15 ta murojaatlar joyida hal etildi.
Qolgan murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilishi zarurligi sababli, IIBB boshlig‘i tomonidan masʼul xodimlarga muddatlar belgilanib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.