11 Fevral 2026 Yil 359

Chilonzorda “poytaxt namunasi” asosida xavfsiz va jinoyatdan holi muhit yaratish yoʻlida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Davlat rahbarining Toshkent shahri, xususan Chilonzor tumanida xavfsiz muhit va jinoyatdan holi hudud yaratish boʻyicha bergan topshiriqlari ijrosi doirasida tuman miqyosida keng qamrovli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar “poytaxt namunasi” sifatida huquq-tartibot, profilaktika va ijtimoiy hamkorlikni uygʻunlashtirgan holda tashkil etilmoqda.

Xususan, topshiriqqa asosan Chilonzor tumani hokimligida aholining barcha yoʻnalishdagi murojaatlariga zudlik bilan munosabat bildirish va koʻrib chiqish holatini, kriminogen vaziyatni real vaqt rejimida tezkor monitoring qilish imkoniyatini beruvchi Vaziyatlar markazi tashkil etildi.

Tumandagi amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning samaradorligini oʻrganish va yanada jadallashtirish maqsadida Ichki ishlar vaziri har-bir mahallaga borgan holda huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish omillarni tahlil qilmoqda. Xususan tadbir boshidan “Diyor”, “Novza”, “3-Katta Chilonzor”, “Bektoʻpi”, “Oqtepa”, “Beshchinor”, “Koʻrkam” mahallalariga borilib profilaktika inspektorlari va mahalla yettiligi bilan birma-bir suhbatlashilib, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

Mahallalardagi muammolarni bartaraf etishda hududning ijtimoiy vaziyati va alohida xususiyatidan kelib chiqqan holda ilmiy metodlardan foydalanilmoqda. Jumladan, bolalar bilan bogʻliq yoʻl transport hodisalarini oldini olish maqsadida tumanning “3-Katta Chilonzor” mahallasidagi 168-sonli hamda “Dilobod” mahallasidagi

178-sonli maktablarga tutash koʻchalarda avtomobillarning bir tomonlama harakatlanishi yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, tumanda mavjud boʻlgan 108 ta mehmonxona, xostel va uy mehmonxonalarni xatlovdan oʻtkazish, ularning kirish-chiqish qismlariga yuzni tanib oluvchi, yoʻlaklari va boshqa hududlariga kuzatuv kameralari oʻrnatish ishlari davom etmoqda.

Yirik savdo majmualari hamda bozorlarda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning mol-mulklarini har qanday tajovuzlardan ishonchli himoya qilish maqsadida tumandagi “Chilonzor buyum bozori”, “Abu-saxiy”, “Bektoʻpi”, “Chilonzor dehqon bozori”, hamda “Qatortol” “Makro” savdo majmualari faoliyati oʻrganildi.

Oʻrganishlar jarayonida asosiy eʼtibor, bozorlarni toʻliq raqamlashtirilishi va yashirin iqtisodiyotni jilovlash, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish bozorlar avtoturargohlarini toʻliq raqamlashtirish ishlariga qaratilmoqda.

Shuningdek, tumanda jamoat xavfsizligini taʼminlash infratuzilmasi tubdan takomillashtirilmoqda. Xususan, mahallalarda profilaktika inspektorlarining faoliyati kuchaytirilib, ularning xizmat binolari zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlandi. “Mahallabay” ishlash tizimi asosida har bir hududda jinoyatchilikka olib keluvchi omillar chuqur tahlil qilinib, aniq manzilli rejalar ishlab chiqildi.

Ijtimoiy profilaktika yoʻnalishida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Nizoli oilalar, ishsiz yoshlar, nazoratga muhtoj shaxslar bilan individual ishlash yoʻlga qoʻyilib, ularni bandlikka jalb etish, kasb-hunar oʻrgatish, psixologik va huquqiy koʻmak koʻrsatish choralari amalga oshirilmoqda. Yoshlar oʻrtasida sport, madaniyat va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar koʻlami kengaytirilib, boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi masʼullari va boshqa davlat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tumanning barcha mahallalarida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech