Uztest “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik!” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi
“O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasi (Uztest) korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurashni aks ettiruvchi “Korrupsiyaga qarshi birga kurashaylik” shiori ostida ijodiy ishlar tanlovini e’lon qilmoqda.
Ishlar korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash mavzusida original va kreativ usulda chizilgan yoki biron bir buyumga tushirilgan rasmlar ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Ishtirokchilar o‘z ishlarini Markazga yuborish orqali qatnashishlari mumkin.
Qog‘ozga qo‘lda chizilgan rasmlar eng kamida A3 (29.7x42 sm) va undan yuqori xajmdagi formatda (qalam, flomaster, rangli qalamlar, bo‘yoqlar, eskizmarkerlari yordamida chizish), biron bir buyumga tushirilgan rasmlar esa xajmidan qat’iy nazar asosiysi korrupsiyaning illat ekanligi, rivojlanish va taraqqiyotga g‘ov ekanligi ko‘rsatilishi lozim.
Eng muhimi tanlovda barcha yosh toifasidagi fuqarolar kasbu-kori, yoshi, millati va jinsidan qatiy nazar ishtirok etishlari mumkin. Har bir ishtirokchi faqatgina bitta ijod namunasini yuborish imkoniyatiga ega hisoblanadi.
📅 Qabul muddati: 10-sentyabrdan 20-noyabrgacha.
📲 Ijod namunasi rasmga olinib, F.I.Sh va telefon raqami bilan +998200222136 telegram akkauntiga yuborish kerak bo‘ladi.
📮 Asl nusxasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bog‘ibo‘ston ko‘chasi, 210-uy, indeks 100121 manziliga jo‘natiladi.