27 Yanvar 2025 Yil 1482

UzAlert: Demensiya yoki xotira pasayishi bo‘lgan katta yoshdagi odamning yo‘qolishini oldini olish uchun xavfsizlik choralari ko‘rish muhimdir

1. Doimiy nazoratni ta’minlang

Insonni muntazam kuzatishni tashkil qiling: qarindoshlar, enaga yoki qo‘shnilarning yordami.
Ayniqsa, inson tez-tez uydan chiqib ketadigan bo‘lsa, yonida kimdir bo‘lishiga ishonch hosil qiling.

2. Oson chiqib ketishni cheklang

Eshiklar va derazalarga ochish qiyin bo‘lgan qulf o‘rnating.
Uy eshigi ochilganda xabar beruvchi signalizatsiya yoki qo‘ng‘iroq o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqing.

3. Identifikatsiyani ta’minlang

Insonni shaxsiy ma’lumotlari yozilgan bilaguzuk bilan ta’minlang:
— Ismi va familiyasi.
— Sizning telefon raqamingiz.
— Demensiya borligini bildiruvchi yozuv.
Ushbu ma’lumotlarni cho‘ntagiga yoki kiyimiga soling, yoki maxsus yorliqni tikib qo‘ying.

4. Texnologiyalardan foydalaning

GPS-treker sotib oling (bilaguzuk, kulon yoki soat shaklida). U insonning joylashuvini real vaqt rejimida kuzatishga imkon beradi.

5. Uy sharoitini tayyorlang

Inson uydan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan xavfli narsalarni olib tashlang: avtomobil kalitlari, pul, kartalar, eshik yonidagi poyabzal.
Uyda qulay va xavfsiz muhit yarating, bu uydan chiqish istagini kamaytiradi.

6. Qo‘shnilar va yaqinlarni xabardor qiling

Qo‘shnilarga yaqiningiz ahvolini tushuntiring. Ular yaqiningizni noodatiy joyda ko‘rishsa, sizga xabar berishlarini iltimos qiling.
Qo‘shnilar va do‘stlarga o‘z telefon raqamingizni bering.

7. Harakat rejasini tayyorlang

Ekstremal vaziyatlarda qidiruv uchun yaqininingizni aktual fotosuratiga ega bo‘ling.
Oldindan mahalliy qidiruv guruhi UzAlert, militsiya va favqulodda xizmatlarning telefon raqamlarini saqlab qo‘ying.

8. Kun tartibini saqlang

Tinchlantirish uchun aniq kun tartibini o‘rnating.
Nazorat ostida muntazam sayr qilish mustaqil ravishda uyda chiqib ketish istagini kamaytirishi mumkin.

9. Bezovtalik belgilariga e’tibor bering

Agar inson bezovta bo‘lib, uydan chiqishga harakat qilsa, suhbat orqali uni tinchlantiring yoki qiziqarli biror narsa taklif qiling.

10. Sog‘liqni muntazam tekshiring

Demensiya rivojlanishini kuzatish uchun shifokor bilan maslahatlashib turing. To‘g‘ri terapiya dezorientatsiya belgilarini kamaytirishi mumkin.

Ushbu choralarning koʼrilishi insonni xavfsiz saqlash bilan birga, sizning hayotingizni ham yengillashtiradi va og‘ir vaziyatlar xavfini kamaytiradi.


© UzAlert Qidiruv otryadi

Barcha yangiliklar

Text to speech