9 Yanvar 2023 Yil 639

Hurmatli shahrimiz aholisi va poytaxtimiz mehmonlari!

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko‘ra, 9-11 yanvar kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik bo‘ladi, baʼzi joylarda shamol tezligi 15.20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Sizlardan ehtiyot choralariga rioya qilishingizni, transport vositangizni daraxtlar va temir qurilmalar tagiga qo‘ymasligingizni, eshik va derazalarni mustahkam yopishingizni, yosh bolalarni qarovsiz ko‘chaga chiqarmasligingizni so‘raymiz.
Eslatib o‘tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog‘ingarchiliklar bilan bog‘liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog‘lanishingiz mumkin.
Shuningdek, murojaatingizni Xalq Nazorati portali va ilovasi orqali yuborish imkoniyati mavjud.

Barcha yangiliklar

Text to speech