2 May 2025 Yil 778

O‘quv mashg‘ulotlari tugadi, sinovlar o‘tkazildi

Kuni kecha Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazida hududiy ichki ishlar organlari tezkor-boshqaruv markazi xodimlari ishtirokida “Xavfsiz shahar” tizimlari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha o‘quv yig‘ini bo‘lib o‘tdi. Navbatdagi o‘quv yig‘inida Qashqadaryo, Xorazm, Andijon va Namangan viloyatlaridan jami 16 nafar masʼul xodimlar ishtirok etishdi. O‘quv mashg‘ulotlarida ishtirokchilar zaruriy o‘quv va metodik materiallar, slaydlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar, xizmatga doir meʼyoriy hamda boshqa hujjatlar bilan to‘liq tanishtirildi. O‘qish davrida xodimlarning o‘zlashtirayotgan bilimlari tegishli mezonlar bilan baholanib borildi. O‘quv yakunida sinovlar qabul qilinib, ularni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga tegishli sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonida mashg‘ulotlar qatnashchilarining yaqinlashayotgan 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qoshidagi “Shon-sharaf” muzeyiga tashrifi uyushtirildi. O‘quv yig‘ini ishtirokchilari xizmat bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish bilan birga muzeydagi asori-atiqalar, boy harbiy tariximiz bilan tanishib, iliq taassurotlar bilan xizmat joylariga qaytdilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech