Huquqbuzarliklarning oldini olish va texnik qo‘riqlash vositalarini targ‘ib qilishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi
Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi doirasida joylarda navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi — aholining xonadonlari hamda tijorat obyektlarini zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari orqali himoyalashning afzalliklarini targ‘ib qilish, shuningdek, huquqbuzarliklarni oldini olishda texnik vositalarning o‘rni va samaradorligini tushuntirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan zamonaviy qo‘riqlash tizimlarini o‘rnatish tartibi, ularning funksional imkoniyatlari, xavfsizlikni ta’minlashdagi samaradorligi yuzasidan fuqarolarga atroflicha tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilangan bo‘lib, bu esa aholini tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarni oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi.