Huquqbuzarliklarni oldini olish va zamonaviy qo‘riqlash vositalarini targ‘ib etishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi
Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda tuman Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan Jo‘rabek mahallasida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mahalla fuqarolari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning xonadonlari hamda tijorat obyektlarini zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari orqali himoyalashning afzalliklari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Soha mutaxassislari tomonidan texnik qo‘riqlash tizimlarini o‘rnatish tartibi, ularning samaradorligi va xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil tavsiyalar taqdim etildi.
Mazkur profilaktik tadbirlar kelgusida ham izchil davom ettirilishi belgilangan bo‘lib, bu esa mahallalarda tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.