1 Oktyabr 2025 Yil 308

Ustozim — ulug‘ faxrim!

Insonlar azaldan ilm orqali ma’rifatga, fazilatga erishadi va hayotda to‘g‘ri yo‘lni topadi. Bizni ilm olish, kasb-hunar o‘rganish va hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizda ustozlarimizning mehnati beqiyosdir.

"1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar IIBB hamda bo‘linmalarining mas’ul xodimlari uzoq yillar xizmat qilib, hozirda nafaqada bo‘lgan ustoz xodimlarning xonadoniga borib, bayram bilan muborakbod etdilar. Jumladan, uzoq yillar davomida xizmat qilib, ko‘plab shogirdlar tarbiyalagan bir qator ustozlar holidan xabar olindi. Ular faxriy ustozlar bilan suhbat chog‘ida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjayevning bayram tabrigini o‘qib eshittirdilar.

Tashrif yakunida barcha ustozlarga gul va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech