Joriy yilning 20 dekabr kuni soat 20.00 da Humo Arena majmuasida Hammali & Navai ning konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur konsert dasturini yuqori kayfiyatda o‘tkazish, tiqilinchliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida konsert dasturi boshlanishidan kamida bir soat oldin kelishingizni tavsiya qilamiz.
Elektron chiptalar soxtalashtirilishi mumkinligi sababli, konsert dasturiga elektron chiptalar bilan kiritilmaydi. Elektron chiptalarni Humo Arena majmuasida tashkil etilgan kassada qog‘ozli chiptalarga almashtirib olishingizni so‘raymiz.
Shuningdek, Humo Arena majmuasiga sektor kesimida kirish quyidagi yo‘laklar orqali amalga oshirilishini maʼlum qilamiz:
1-sonli kirish punktidan V,S sektorlarida o‘tiruvchilar;
2-sonli kirish punktidan S,D sektorlarida o‘tiruvchilar;
3-sonli kirish punktidan A,D sektorlarida o‘tiruvchilar;
4-sonli kirish punktidan V,A sektorlarida o‘tiruvchilar.
Hurmatli fuqarolar, konsert dasturini yuqori kayfiyatda o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartib-qoidalarga rioya etishingizni so‘raymiz.