Ayni damda poytaxtimiz Toshkent shahrida, qorli ob-havo kuzatilayotganligi sababli, yo'llarda xavfsizlikni ta'minlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida;
🔘 yo'l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishingizni; 🔘 oraliq masofani saqlab; 🔘 tezlikni belgilangan me'yordan oshirmay; 🔘 yo'llarda harakatlanayotgan piyodalarni hurmat qilgan holda, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishingizni so‘raymiz!
Shu bilan birgalikda, avtomobillarni ko‘p qavatli bino va inshootlar, shuningdek daraxtlar tagida qoldirmaslikni va maxsus turargohlarda transport vositalarini saqlashingizni so’rab qolamiz.