26 Iyun 2024 Yil 1793

Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, ahli qalam sohiblari!

      Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan o‘z nomimdan va poytaxt IIBB shaxsiy tarkibi nomidan samimiy muborakbod etaman. Sizlarning xalq manfaatlari, huquqlari, erkinliklarini himoya qilish, bunyodkorlik va ezgulik xabarchisi sifatidagi xizmatlaringizni yuksak baholaymiz va qadrlaymiz. Axborot sohasida erkinlik va oshkoralikni taʼminlash, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, xalq farovonligini oshirish, tinchligi, xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan xayrli  ishlarni  o‘z vaqtida keng ommaga yetkazishdagi mehnatlaringiz eʼtirofga loyiqdir.


      Ushbu sharafli va masʼuliyatli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar,  ijodiy barkamollik tilaymiz. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka hamisha yor bo‘lsin.


Hurmat bilan,


Toshkent shahar IIBB boshlig‘i

general-mayor                                                              Aziz Tashpulatov

Barcha yangiliklar

Text to speech