Qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 03-iyul kunidan boshlab Yashnobod tumanidagi Ohangaron shoh ko‘chasida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
Yopiladigan qism: TXAY-Ohangaron shoh ko'chalari aylanma harakatidan - Ohangaron shoh ko’chasi bo’ylab Sharq YPX maskanigacha bo’lgan qismi.
Ishlarni bajarish muddati: 2025-yil 03-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar davom etadi.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanib, Xusayn Boyqaro, Parkent yo’li, Xonobodtepa, Shoximardon ko'chalaridan harakatlanishlari tavsiya etiladi.