Sizlarni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan uyg‘onish, yangilanish, go‘zallik va nafosat bayrami – Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklayman. Navro‘z – tinchlik-osoyishtalik, do‘stu birodarlik, mehr-oqibat, muruvvat va sahovat, sadoqat va bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat va tenglik kabi umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan qadimiy bayramdir. Ushbu bayramda barchangizga baxtu saodat, oilangizga tinchlik, totuvlik, mustahkam sog‘liq-salomatlik, xonadoningizga fayzu baraka tilayman. Jonajon yurtimiz ravnaqi va farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlarimizga omad hamisha yor bo‘lsin! Navro‘zingiz muborak, azizlar!
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev