4 Iyun 2025 Yil 441

Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qurbon hayiti kuni 6-iyunga to‘g‘ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, 2025 yilning 06-iyun kuni poytaxtimizdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qilishi kutilmoqda.

Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6-iyun soat 00:00 dan 08.00 gacha poytaxtning quyidagi ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:

▪️ Mirzo Ulug‘bek tumani

— "To‘ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.

▪️ Bektemir tumani

— “Xo‘ton" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan , Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

▪️ Olmazor tumani

— “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Shayxontohur tumani

— “Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Xo‘ja Allambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Kox ota” masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Chilonzor tumani

— “Ubay ibn Ka’b” masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.

— “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

— “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha

▪️ Uchtepa tumani

— “Abdulloh ibn Ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha.

— "Hazrati Ali” masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Yunusobod tumani

— “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

— “Mirzo Yusuf” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.

▪️ Yakkasaroy tumani

— “Usmon bin Ma’zun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Sergeli tumani

— “Nurul Islom” masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Yashnobod tumani

— “Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

▪️ Mirobod tumani

— “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Eslatib o'tamiz, fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida 6-iyun kuni Toshkent shahridagi jamoat transportlari ya'ni avtobus yo‘nalishlari va metropoliten soat 03:00 dan o‘z harakatini boshlaydi.

Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.

Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring!

Barcha yangiliklar

Text to speech