11 May 2024 Yil 1941

Umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda barkamol avlodni tarbiyalash, davlatimiz tomonidan olib borilyotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yana-da oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, davra suhbatlari hamda madaniy tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.


Jumladan, poytaxt tumanlarida umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ko‘rik-tanlov umumtaʼlim maktablari va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida Konstitutsiyamizga hurmat tuyg‘usini yana-da kuchaytirish, mamlakatimizning Asosiy qonuni haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish, nutq madaniyati va erkin fikrlash saviyasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish hamda huquqshunoslik sohasida kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘tkazilmoqda.


Masalan, Uchtepa tumani uchinchi sektor hududida joylashgan 295-sonli o‘rta maktab yuqori sinf o‘quvchilari eng yaxshi yosh huquqshunos unvoni uchun bellashishdi. Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, mamlakatimiz qonunlari va qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqidagi bilimlari bo‘yicha bellashdi. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rinni “Aristokrat” jamoasi egalladi, ikkinchi o‘rin “Adolat” jamoasiga nasib qildi hamda uchinchi o‘rinni “Yosh huquqshunoslar” jamoasi egalladi.


Shuningdek, Bektemir tumanida IIO FMB tashabbusi bilan uchinchi sektordagi 293-maktabda 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida eng yaxshi huquqiy savodxon yoshlar aniqlandi.


Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yakkalik bahslarida 11-sinf o‘quvchisi Diyora Turg‘unova birinchilikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Munisa Normurodova va Shohrux Murodov ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.


Barcha g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: