2 Avgust 2025 Yil 369

Uchtepa tumanida jinoyat muhokamasi o‘tkazildi

Sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning mahalla ahli, faollari va masʼullar bilan birgalikda muhokama qilish, jamoaviy taʼsir choralarini qo‘llash amaliyoti qonunbuzilish holatlariga murosasizlik hissini kuchaytirish, jinoyatga jazo muqarrarligiga, qonunga hurmat tushunchasini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Kuni kecha poytaxtning Uchtepa tumanida joylashgan “Vatanparvar” mahallasida sodir etilgan jinoyatning navbatdagi ochiq muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman IIO FMB rahbariyati, sohaviy xizmat xodimlari, tuman Prokuraturasi, mahalla raisi, faollari, nuroniylar, 78-umumtaʼlim maktabi jamoasi ishtirok etishdi. Ellikdan ortiq fuqarolar qatnashgan mazkur yig‘ilishda hududda ichkilik oqibatida sodir etilgan jinoyat muhokama qilindi. Mazkur jinoyat yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lib, oila-mahalla-maktab doirasidagi axloqiy-tarbiyaviy, madaniy ishlarni kuchaytirish, “bir bolaga yetti mahalla ota-ona” tamoyilini shakllantirishga katta eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi. Bu kabi jinoyatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ogohlik va hushyorlikni kuchaytirishga daʼvat etildi. Shuningdek, jinoyatning kelib chiqish sabablari, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish va aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik masalalari muhimligi qayd etildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech