17 Oktyabr 2025 Yil 447

Uchtepa tumanida yoshlar bilan ochiq muloqot: dolzarb mavzular muhokama etildi

Uchtepa tumanidagi SAMO xalqaro anjumanlar markazida yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uchtepa tuman hokimi, tuman IIO FMB boshlig'i hamda sektor rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikka qarshi kurashish, kibermakonda yuzaga kelayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, fikr va takliflarini bildirdilar. Mas’ullar esa har bir savolga asosli va atroflicha javob berishga harakat qildilar.

Mazkur uchrashuv yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda ijtimoiy mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirish, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Barcha yangiliklar

Text to speech