Uchtepa tumanida "Alohida etibor lozim bolgan yoshlar" toifasidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Toshkent shahar IIBBga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash va ular o'rtasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish to'g'risidagi buyrug'iga asosan Uchtepa tumani IIO FMB boshlig'i polkovnik D.M.Mirsadikov huzurida tuman soha rahbarlariga biriktirilgan "Alohida etibor lozim bolgan yoshlar" toifasidagi yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda muammoli yoshlarning bandligini ta'minlash, kasbga va xorijiy tillarga o'rgatish, ijtimoiy, huquqiy va psixologik jihatdan muammolarini o'rganish va ularni bartaraf qilish bo'yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish yuzasidan suhbat olib borishdi hamda yoshlarni muammolari ijobiy hal etildi.