1-otryadida yurt tinchligini asrashni sharafli vazifa deb bilgan ko‘plab osoyishtalik posbonlari fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqda. Ularning aksariyati yosh xodimlar ekani jamoada g‘ayrat-shijoat va tinimsiz izlanish bardavomligini ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.
...Joriy yilning 1-noyabr kuni soat taxminan 10:30 larda tumanning 12-mavzesida joylashgan «Makro» supermarketi oldida turgan ikki fuqaro birinchi bosqichga xizmatga jalb qilingan PPX 1-otryad xodimlari – safdorlar Abdurahmon Ashirov, Orif Qo‘ldoshev va Oybek Isambayevda shubha uyg‘otdi. Voqea joyiga yetib kelgan tergov-tezkor guruhi a’zolari va xolislar ishtirokida gumon qilinuvchi tekshirilganda unung yonida giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Bu kabi misollarni PPX xodimlari faoliyatidan yana ko‘plab keltirish mumkin. Sohaviy xizmat xodimlari tomonidan tuman hududi xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida maqsadsiz yurgan 41668 nafar shaxsning 9841 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgani, 575 nafarining ish va yashash joyi noaniq bo‘lgani aniqlandi. Bundan tashqari, mayda bezorilik uchun 639 nafar, jamoat joyida spirtli ichimlik ichgani uchun 2659 nafar shaxsga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, soha xodimlari jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishdan tashqari, qidiruvdagi shaxslarni aniqlashda ham ibrat ko‘rsatishyapti. O‘tgan vaqt mobaynida ular tomonidan 81 nafar qidiruvdagi shaxs aniqlanib, ushlangani buning tasdig‘idir.
Suratda: tuman IIOFMB JTSB PPX 1-otryadi xodimlari – safdorlar Orif Qo‘ldoshev va Husniddin Qilichev xizmat jarayonida.