Uchtepa tuman IIO FMB boshlig‘i va tuman hokimi ishtirokida yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hafta davomida sodir etilgan jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha, hamda yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan huquqbuzarliklarning oldini olish, shu bilan birgalikda "Dolzarb 10 kun", "Xavfsiz poytaxt" profilaktik tadbirlar doirasida bajarilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, o‘tgan hafta davomida tuman hududidagi Jurjoniy, Bog‘obod, Bog‘iston, Ko‘hna Cho‘ponota, Yangiyo‘l, Hamdo‘st va Nurobod mahallarida 8 ta ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Yig‘ilish davomida ushbu jinoyatlarni keltirib chiqargan omillar aniqlashtirilib, ijtimoiy profilaktikaga mas’ul tashkilotlar rahbarlarining harakatsizligiga nisbatan choralar ko‘rildi.
Bu kabi tadbirlar har haftada o‘tkazib kelinmoqda.