22 Mart 2025 Yil 943

Tungi xizmat faoliyati o‘rganildi

Yurtimizda kezayotgan Navro‘z shukuhi har bir xondonga kirib bormoqda. Bolalar ko‘zidagi quvonch, kattalarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi ko‘chalarda emin-erkin yurgan xalqimizning tabassumidan ham ma’lum. Mana shu tinchlik va osoyishtalikni saqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tunu kun xalq xizmatida.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i boshchiligidagi ishchi guruh Shayxontohur hamda Chilonzor tumanlarida ichki ishlar organlari xodimlarining tungi xizmat faoliyatini o‘rgandi. Xodimlar ish faoliyatini yanada yaxshilash maqsadida bosh boshqarma boshlig‘i tomonidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech