21 Noyabr 2023 Yil 361

Tungi xizmat faoliyati tekshirildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general mayor Aziz Tashpulatov dolzarb qirq kunlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Chilonzor tumanidagi “Novza” va “Uchinchi katta Chilonzor” mahallalari bo‘ldi. Poytaxt IIBB boshlig‘i tungi vaqtda ko‘p qavatli uylar va mahallalar bo‘ylab hudud atrofini o‘rgandi, aholi bilan bevosita suhbatlashib, ularning muammolarini, taklif va mulohazalarini tingladi. Shuningdek, mahalla hududida mijozlarga tez yegulik tayyorlab sotuvchi kafe, savdo rastalari va boshqa xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar faoliyati o‘rganildi. Hudud profilaktika inspektorining xizmat xonasi tekshirilib, olib kelingan fuqarolar bilan suhbatlashildi.

O‘rganish jarayonida poytaxt IIBB boshlig‘i Chilonzor tumanidagi istirohat bog‘ida bo‘lib, u yerda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan qilinayotgan ishlarni o‘rgandi, istirohat bog‘iga tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu bog‘ hududi fuqarolar uchun eng zamonaviy texnologik imkoniyatlarga ega multimediyaviy o‘yin maydonlari hamda anʼanviy attraksionlar bilan jihozlangan. Ko‘plab kafe va restoranlar mehmonlar uchun doim muntazir, bog‘ nafaqat kunduzi, balki tungi vaqtda ham mijozlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Mahallalarni ko‘zdan kechirish jarayonida yo‘l chetida turgan keksa yoshdagi fuqaro bosh boshqarma boshlig‘ining eʼtiborini tortdi. Olib borilgan suhbatdan so‘ng ushbu shaxsning ijtimoiy qiyin ahvolga tushib qolganligi va boshpanasiz ekanligi aniqlandi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, Toshkent shahar IIBB qoshidagi “Mehr saxovat” uyiga joylashtirildi. Tungi xizmat faoliyati o‘rganishlar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech