23 Iyun 2025 Yil 388

Tumanlarda sayyor qabullar davom etmoqda

Kuni kecha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Murodov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat sinchiklab o‘rganilib, uni hal etish yuzasidan masʼul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shu kuni 26 nafar fuqaro o‘z murojaatlari, taklif va muammolari bilan ishtirok etdi. 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 11 ta murojaat muddat talab etganligi sababli nazoratga olinib, belgilangan muddatda ko‘rib chiqish uchun masʼullarga topshiriqlar berildi, 3 nafar fuqaro tumanda namunali xizmat olib borgan xodimlarga minnatdorchilik bildirdi.

Qabul jarayonida shuningdek, 3 nafar fuqaroga fuqarolik ID-kartalar tantanali ravishda topshirildi.

Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning muammolarini joyida hal etish va fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech