Prezidentimizning tashabbuslari bilan amalga oshirib kelinayotgan davlat mahkamalari vakolatli rahbarlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash, ularni qonuniy hal etish orqali fuqarolarimizning haq-huquqlarini taʼminlash, adolatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash o‘z samaradorligi hamda muhimligini namoyon etmoqda. Toshkent shahar IIBB rahbariyati kabi hududiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan ham o‘tkazilayotgan shaxsiy va sayyor qabullar bunga yaqqol dalildir. Bugungi kunda poytaxt ahli rahbar qabuliga kelib o‘z muammolariga qonuniy yechim, murojaatlariga javob topib, xotirjamlik va qoniqish hissini tuymoqda. Hafta davomida hududiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan mana shunday qabullar joylarda o‘tkazib kelinmoqda.
Poytaxt tumanlari IIO FMB boshliqlari tomonidan kuni kecha o‘tkazilgan qabullarda yuridik hamda jismoniy shaxslarning murojaatlari o‘rganildi. Murojaatlar mazmuniga ko‘ra tergov va surishtiruv harakatlari, xodimlar ish yurituvidagi maʼmuriy hujjatlar, yetkazilgan zararni undirish, pasport tizimi, ijtimoiy-maishiy mazmundagi masalalarni tashkil etdi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularga qonuniy yechim topish, og‘irini yengil qilish borasidagi saʼy-harakatlar poytaxtning barcha tuman IIO FMB rahbarlari tomonidan muntazam amalga oshirib kelinmoqda.