Poytaxtimiz aholisining murojaatlari, mavjud muammolarini hal qilish orqali ularning erkinliklari, haq-huquqlarini taʼminlash maqsadida barcha tumanlarda masʼullar tomonidan shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday qabullardan navbatdagisi Shayxontohur tumanida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi B.Abubakirov, prokurori A.Usmonov, IIO FMB boshlig‘i O.Jamolov hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi. Masʼullar tomonidan 23 nafar jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarni o‘rganish jarayonida 7 tasi joyida ijobiy hal etildi. 7 tasi bo‘yicha huquqiy tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar berildi. 9 nafar fuqarolarning arizalari qo‘shimcha o‘rganish va tekshirish talab qilganligi bois, ularning ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi. Bu kabi xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – aholi keng qatlamlari ichiga kirib, yuzaga kelayotgan muammolarni o‘rganib birgalikda hal etish, fuqarolarning qonuniy haq-huquqlari va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, adolat va qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan.