9 Oktyabr 2025 Yil 380

Tuman rahbarlarining shaxsiy qabullari o‘tkazilmoqda

Poytaxt IIBB hududiy tuzilmalari rahbarlari, masʼullari tomonidan o‘z xizmat hududlarida fuqarolarning qabuli tashkillashtirilib, ularning muammolariga eʼtibor qaratayotgani tuman aholisining ishonchi va eʼtirofiga sazovor bo‘lmoqda. Kuni kecha poytaxtimizning tumanlar rahbarlari va masʼullari tomonidan fuqarolar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi.

Xususan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Sardor Mirzaraimov tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabul davomida 23 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 12 tasi joyida ijobiyhal etildi, 4 tasi bo‘yicha malakali tushuntirishlar berildi, 7 ta murojaat ijrosi qo‘shimcha vaqt talab qilganligi sababli, muddat belgilanib, nazoratga olindi.

Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Mahkam Vafoyev tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabulda 12 ta murojaat tushib, 4 tasi joyida ijobiy hal etilib, 8 tasi bo‘yicha ijro muddatlari belgilanib, nazoratga olindi.

Bu kabi fuqarolar muammolariga ijobiy yondashuv va eʼtibor poytaxt IIBB hududiy tuzilmalari rahbar va masʼullari tomonidan izchil davom ettirilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech