Tuman IIO FMB xodimlari Toshkent shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga tashrif buyurishdi
Poytaxtimizning barcha tumanlari IIO FMB boshliqlari va masʼul xodimlari shahar IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi tarbiyalanuvchilaridan xabar olib, ularning muammolarini o‘rganmoqda.
Xususan, yaqinda Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari IIO FMB boshliqlari, shuningdek voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixologlar markazga tashrif buyurib, qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘smirlar bilan suhbatlashdi. Yakka tartibdagi suhbatlar davomida bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning mazkur muassasaga joylashish sabablari, har birining ijtimoiy, oilaviy muammolari haqida maʼlumot olindi, muammolarini hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Bundan tashqari, psixologik treninglar davomida o‘smirlar o‘z qiziqishlari bilan o‘rtoqlashdilar, kelajakda kim bo‘lmoqchi ekanliklari haqida so‘zlab berishdi.
Uchrashuv davomida markaz tarbiyalanuvchisi - taqdir taqozosi bilan yaqinlarining qarovisiz qolgan 9 yoshli Radmirning tavallud kuni munosabati bilan Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Abdumajid Shermuxamedov tomonidan sovg‘a va shirinliklardan iborat bayram dasturxoni tashkil etildi.