Toshkent shahar IIBBda tergov tizimi xodimlari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov “Intizom oyligi” doirasida IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
So‘zga chiqqan poytaxt IIBB boshlig‘i har bir xodim xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishi, qonunchilikdagi yangiliklardan muntazam ravishda xabardor bo‘lishi, xizmat jarayonida xolislik va adolatlilik prinsiplariga qatʼiy rioya etishi lozimligi haqida alohida taʼkidladi.
Shuningdek, tadbir davomida xodimlar Ichki ishlar vazirligining amaldagi buyruqlari talablariga so‘zsiz rioya etish shartligi tushuntirilib, bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.