Toshkent shahar IIBBda navbatdagi fuqarolar qabuli
So‘nggi yillarda mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish orqali inson huquqlari va erkinliklari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhim ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi.
Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan navbatdagi fuqarolar qabullari tashkil etilib, unda 54 nafar fuqarolarning muammolari tinglandi.
Qabulga kelgan har bir fuqaroning murojaati to‘liq va xolisona o‘rganilib, aksariyat murojaatlar joyida hal etilayotgan bo‘lsa, ko‘rib chiqish uchun qabul qilingan murojaatlar alohida nazoratga olinmoqda.
Tahlillar qabul jarayonlarida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismini moddiy taʼminot, bandlik, tergov va surishtiruvga oid masalalar tashkil etishini ko‘rsatmoqda.
Rahbariyat tomonidan har bir murojaatni to‘liq o‘rganib chiqish hamda natijasi bo‘yicha o‘z vaqtida qonuniy qaror qabul qilish yuzasidan masʼul xodimlarga va hududlardagi mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.