30 Avgust 2023 Yil 1681

Toshkent shahar IIBBda fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan Bosh boshqarma binosida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. O‘tkazilgan qabulda 29 nafar fuqarolar yuzaga kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, 10 nafar fuqaro tomonidan ko‘tarilgan muammo joyida hal etilib, qolgan 11 nafar fuqarolarning murojaatlari ijrosi taʼminlanishi bo‘yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, 8 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Qabul davomida ishga joylashish, ichki ishlar organlari faoliyatiga doir hamda tergov va probatsiya xizmatlari haqida savollar kelib tushdi.

Bu kabi uchrashuvlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech