17 Mart 2025 Yil 244

Toshkent shahar IIBBda fuqarolarning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i polkovnik Ravshan Sultanxodjaev tomonidan Bosh boshqarma binosida aholi bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishga kirish, tergovga qadar tekshiruv, moddiy yordam kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

O‘tkazilgan qabulda 28 nafar fuqarolar yuzaga kelayotgan muammolar bilan murojaat qilishdi. Jumladan, 3 nafar fuqaro tomonidan ko‘tarilgan muammo joyida hal etilib, qolgan 18 nafar fuqarolarning murojaatlari ijrosi ta'minlanishi bo‘yicha xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, 7 ta murojaat yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilgan sayyor qabullar tizimi aholining talab va ehtiyojlarini qondirish, joylarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Bu kabi sayyor qabullar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: