31 Yanvar 2024 Yil 1018

Toshkent shahar IIBBda eng faollar aniqlandi

Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida Toshkent shahar IIBB xodimlari o‘rtasida IIV Madaniyat saroyida “Namunali mahalla huquq-tartibot maskani” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan poytaxt IIBB boshlig‘i, general-mayor Aziz Tashpulatov boshqarma tomonidan jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

“Hammasi inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ichki ishlar organlarining ijtimoiy rolini oshirish, jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlar alohida taʼkidlandi. Bunday yondashuv tufayli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda mahallalarda xavfsiz muhit taʼminlanib, fuqarolarning muammolari hal etilmoqda.

Tanlov natijalariga ko‘ra bir qator ish yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Mirsadiqov Dilmurod “Eng faol sektor rahbari” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. “Eng faol profilaktika inspektori” nomiga Yakkasaroy tumani IIO FMB 3-son IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori katta leytenant Usmonov Xoshimxo‘ja loyiq topilgan bo‘lsa, Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB probatsiya bo‘limi inspektori kapitan Qurbanov Sherzod “Eng faol probatsiya xizmati inspektori” nominatsiyasida g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Eng faol yo‘l-patrul xizmati inspektori” deb Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi birinchi tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori serjant O‘roqov Sarvar va “Eng faol patrul-post xizmati inspektori” deb Yunusobod tumani IIO FMB Jamoat tartibini saqlash bo‘limi patrul-post xizmati xodimi serjant Tolipov Davron eʼtirof etildi. Uchtepa tumani IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori katta leytenant Xo‘jayeva Gulnora esa “Eng faol xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. “Eng faol inspektor psixolog” nominatsiyasida birinchilikni Yunusobod tumani IIO FMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor mayor Nurmuhammedov Baxtishod egalladi.

Tanlovda “Eng faol mahalla fuqarolar yig‘ini”, “Eng faol hokim yordamchisi”, “Eng namunali xotin-qizlar faoli”, “Eng faol yoshlar yetakchisi”, nominatsiyalarida g‘olib bo‘lganlar ham shahar IIBB tashakkurnomalari, pul va boshqa qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir konsert dasturi bilan yakunlandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech