16 Aprel 2024 Yil 982

Toshkent shahar IIBB: yoshlarning muammolari o‘rganildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik Murodilla Aliqoriyev boshchiligidagi ishchi guruh Yunusobod tumanida yashovchi yoshlarning muammolarini “xonadonbay” o‘rgandi. O‘rganishlar davomida yoshlarning bandlik, sport bilan shug‘ullanish hamda ijtimoiy-huquqiy yo‘nalishdagi muammolari tinglanib, hal etish choralari belgilandi.

Jumladan, ishchi guruh “Registon” mahallasida bo‘lib, “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan yoshlarning yashash sharoiti va oilaviy ahvoli o‘rganildi. Mazkur mahalla fuqarosi Sadulla G. suhbat davomida mahallada ishsizlar ro‘yxatida turishini hamda doimiy ishga joylashishda qiyinchiliklar mavjudligini maʼlum qildi. O‘rganishlar natijasida fuqaroning muammosi joyida hal etildi va sinov mudatti asosida doimiy ishga joylashtirildi. Bundan tashqari shu mahallada yashovchi Farangiz E. bilan uchrashuv davomida bu yil maktabni bitirib oliy o‘quv yurtiga kirish niyati borligini aytdi. Fuqaroning barcha muammolari tinglanib, ijtimoiy yordam ko‘rsatish yuzasidan zaruriy choralar belgilab olindi.

Aytish kerakki, hududlarda tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar yoshlar muammolarini tizimli hal etish imkonini bermoqda. 

Barcha yangiliklar

Text to speech