24 Yanvar 2024 Yil 2110

Toshkent shahar IIBB xodimlari donor bo‘lishdi

Toshkent shahar IIBB rahbariyati tashabbusi bilan bosh boshqarma tibbiyot bo‘limida Respublika Qon quyish markazi xodimlari bilan hamkorlikda beg‘araz donorlik aksiyasi amalga oshirildi.

Ushbu ezgu tadbirda bosh boshqarma rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi faol ishtirok etib, hayot uchun qon topshirdilar.

Ta'kidlash joizki, qon topshirib donor bo‘lgan inson yuzlab odamlarga umid olib keladi. Bu savobli ishi tufayli ko‘pchilikning hayotini saqlab qolib, bemorlarga yangi hayot tuhfa qilishi mumkin.



Barcha yangiliklar

Text to speech