Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlar shaxsiy tarkibi uchun o‘quv amaliy trening mashg‘ulotlari tashkil etildi
Yaqinda Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va tezkor qidiruv xizmatlari xodimlari uchun Vazirlik 1-son Toshkent akademik liseyi bazasida maxsus-intensiv o‘quv amaliy trening yig‘inlari tashkil etildi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – xodimlarning ruhiy holati barqarorligini ta'minlash, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, kasbiy mahoratini oshirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarni Toshkent shahar IIBB sohaviy xizmatlardan tajribali yetuk xodimlar trener sifatida hamda boy nazariy va amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis va professor-o‘qituvchilar olib borishdi. Treninglar interaktiv metodlardan faol foydalangan holda, slaydlar, 100dan ziyod keys va videorolik yordamida o‘tkazildi.