Toshkent shahar IIBB rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli Mirobod tumanida o‘tkazildi
Poytaxtimizning Mirobod tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimligi masʼullari, tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Qabulda 32 nafar fuqarolar 34 ta masalalar bilan murojaat qildi, ularning vajlari, eʼtirozlari va takliflari atroflicha o‘rganildi.
Sayyor qabulda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning 2 nafariga nogironlik aravachasi topshirildi, 2 ta nafar fuqarolarga tibbiyot muassasasida davolanishi uchun order berildi, 6 nafar fuqarolarga 16 yoshga to‘laganligi munosabati bilan ID kartasi va 1 nafariga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilganligi sababli ID kartasi tantanali ravishda topshirildi.
Uchrashuvda 2 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, 11 nafar fuqarolarlarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi hamda 19 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilishi bo‘yicha quyidagi topshiriqlar berildi.
Misollarga to‘xtalsak,
Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi Margarita Solihova bir necha oy ilgari uy ishlarini bajarayotgan vaqtida yiqilib tushib jarohat olganligini sababli mustaqil harakat qilishga qiynalayotganligini maʼlum qildi.
Murojaatdan so‘ng M.Solihovaga davolanish uchun yo‘llanma berildi va tibbiy aravacha taqdim etildi.
Bundan tashqari, Tamara Alekperova o‘z murojaatida oila aʼzolaridan birida salomatlik bilan bog‘liq muammolari borligini maʼlum qilib, davolanish va dori-darmon olish uchun amaliy yordam so‘radi. Ochiq muloqot davomida mazkur masala ham ijobiy hal etildi. Fuqaroga kerakli dori-darmon uchun mablag‘ ajratildi. Ko‘rsatilgan yordam uchun fuqaro barcha masʼullarga, mahalla faollari, hokimiyat va sektor aʼzolariga minnatdorchilik bildirdi.
Aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lgan sayyor qabullar poytaxtimiz tumanlarida davom etmoqda.