3 Fevral 2024 Yil 811

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Olmazor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish maqsadida Olmazor tumanida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda poytaxt IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov, Olmazor tumani hokimi Azizxon Umarxonov va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Qabulda 67 nafar fuqarolar 71 ta masalalar bilan murojaat qilib, ularning muammolari, eʼtirozlari va takliflari o‘rganildi.

Qabul jarayonida o‘zini o‘zi band qilishi uchun 2 nafar yoshga tikuv mashinasi va overlog, 8 nafar ayollarga pazandalik uchun oshxona jihozlari topshirilgan. Shuningdek, 6 nafar fuqarolar kommunal to‘lovlardan qarzdorlik masalasida, 7 nafar fuqaro yo‘l harakat xavfsizligi yuzasidan, 8 nafar fuqaro yaqin qarindoshlari yoki o‘zlari kasal bo‘lganligi sababli dori-darmonga moddiy yordam berishni, 6 nafar probatsiya hisobidagi fuqarolar jazodan muddatdan oldin ozod etilishi masalasida, 4 nafar fuqarolar uy-joy masalasida, 1 nafari O‘zbekiston respublikasi fuqaroligini olish masalasida, 3 nafari turar joyiga ro‘yxatga olish, 8 nafari ishga joylashish masalasida murojaat qilgan.

Bundan tashqari, 11 nafar shaxsning murojaati tergovga qadar tekshiruv va jinoyat ishlar bilan bog‘liq bo‘lsa, yana 3 nafar fuqarolar Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilishni so‘ragan.

Qabul jarayonida 22 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida ijobiy hal etildi, 22 nafar fuqaroning murojaatlari yuzasidan tushuntirishlar berilib, yana 23 nafar fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etilishi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berilib muddatlar belgilandi.

Barcha yangiliklar

Text to speech