5 Oktyabr 2024 Yil 767

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i diqqat markazida fuqaro murojaatlari

Poytaxtning Yunusobod tumani Usta Shirin mahallasida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda sohaviy xizmatlarning rahbarlari va masʼul xodimlari hamda manfaatdor tashkilot va muassasalarning vakillari ishtirok etdi. 


Fuqarolarning murojaatlari har xil masalalarda bo‘ldi. Tergov va surishtiruv, bandlik, ijtimoiy soha, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish, kredit olish va hokazolar bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi. Fuqarolarga imtiyozli kreditlash tizimi bo‘yicha uy-joy sotib olish tartiblari atroflicha tushuntirilib, huquqiy maslahatlar berildi.


33 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, bir qator murojaatlar bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish muddatlari belgilanib, murojaat etuvchilarga huquqiy maslahatlar berildi.


Ko‘kchinor mahallasida yashovchi Rustam G‘. «Ko‘kchinor» va “Adolat” mahallalari oralig‘idagi ko‘chada piyodalar o‘tish joyi yo‘qligi, odamlar yo‘lni kesib o‘tishga qiynalayotgani haqida xabar berdi. Mazkur masalani hal etishda yordam so‘rab Bosh boshqarma boshlig‘iga murojaat qildi. 3-sektor rahbari ko‘rsatmasi bilan mazkur masala ijobiy hal etildi.


Sayyor qabul davomida sog‘lig‘i yuzasidan yordam so‘ragan “Bog‘ ko‘cha” MFYda yashovchi Muxayo G. va Nodira K.larga ham yordam ko‘rsatildi. Ular kerakli dori-darmonlar olib berildi.


Bu kabi qabul va uchrashuvlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech